» » Toshkentda daraxt ikki Matiz ustiga quladi (foto)

Toshkentda daraxt ikki Matiz ustiga quladi (foto)


Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga 10-mart kuni fuqaro M.Ibragimova tomonidan Uchtepa tumani, “Bog‘iston” mahallasida daraxt qulab tushib, 2 ta yengil avtomashinani bosib qolgani, shuningdek, gaz quvuriga shikast yetkazgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot olinganidan so‘ng navbatchi smena qutqaruvchilari D.Nurmetov, X.Shonusratov, A.Abidov, M.Kaybullayev va S.Abduxalilov zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib bordi.

Qutqaruvchilar va tuman kommunal xizmatlari tomonidan daraxt arralanib, shikastlangan avtomobillar chiqarib olindi. Shuningdek, gaz ta’minoti quvurlari ta’mirlandi.

Voqea natijasida jarohatlanganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют