» » Qibrayda 20 yoshli yigitni urib yuborgan “Gazel” haydovchisi voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Qibrayda 20 yoshli yigitni urib yuborgan “Gazel” haydovchisi voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


9-mart kuni soat taxminan 23:10 larda noma’lum avtomashina haydovchisi Qibray hududida “Qibray—Chinobod—May” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Chinobod mahallasi tomon harakatlanayotib, ushbu yo‘nalishda yo‘lning chetida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborib, jabrlanuvchini hayotini xavf ostida qoldirib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada 20 yoshli piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.

“Avtopatrul tun” tadbiriga jalb etilgan Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining asosiy e’tibor mazkur jinoyatni ochishga qaratgan.

Boshqa sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 10-mart kuni avtomobil Qibraydagi xonadonlardan biridan topilgan. Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni 1984-yilda tug‘ilgan “Gazel” avtomashinasini haydovchisi sodir etgan.

Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют