» » Livanlik ayol bir yo‘la olti egizakni dunyoga keltirdi

Livanlik ayol bir yo‘la olti egizakni dunyoga keltirdi


Livanda birinchi marta olti egizak dunyoga keldi, deb yozadi “Vesti”. Bolalar Bayrutdagi avliyo Iosif kasalxonasida tug‘ildi.

Allaqachon to‘rt farzandning ota-onasi bo‘lgan livanlik er-xotin beshinchi farzand ko‘rishni niyat qilgan. Ammo homiladorlik chog‘ida bir yo‘la olti bola tug‘ilishi ma’lum bo‘lgan.

Chaqaloqlarning onasi o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Uch o‘g‘il va uch qiz egizaklar ham soppa-sog‘.

Bu dunyo amaliyotida juda kamyob hodisa, deyiladi xabarda. Bir yo‘la olti chaqaloq tug‘ilishi 4,5 milliontadan bitta holatda kuzatilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют