» » O‘zbekistonda eksport chog‘ida naqd chet el valyutasini qabul qilishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda eksport chog‘ida naqd chet el valyutasini qabul qilishga ruxsat berildi


O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutada to‘lash tartibi o‘zgardi, deb yozadi Spot. Bu Markaziy bank boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 14-martdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Endi chet eldagi ko‘rgazma va yarmarkalarda sotilgan mahsulotlar, tadbirkorlar xorijliklarga eksport qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida chet el valyutasini qabul qilishga ruxsat beriladi.

Ilgari chet el valyutasini tijorat banklari kassasida qabul qilish uchun yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi, ta’sis va boshqa hujjatlar talab qilinar edi — endi bularning hech biriga hojat yo‘q.

Bungacha to‘lov sifatida xorijiy valyuta qabul qilish mumkin bo‘lgan joylarda (masalan, konsullik yig‘imlarida) AQSh dollari, Angliya funt sterlingi, yevro, Shveysariya franki va Yaponiya iyenasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, endi tijorat banki ixtiyoriga ko‘ra boshqa chet el valyutalarini ham qabul qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют