» » OAV: O‘zbekiston Tojikistonga 2018-yilda 126 mln kubometr tabiiy gaz yetkazib beradi

OAV: O‘zbekiston Tojikistonga 2018-yilda 126 mln kubometr tabiiy gaz yetkazib beradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida “O‘ztransgaz” AJ va “Tojiktransgaz” OAJ o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Tojikiston hukumatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi Asia-Plus.

“Imzolangan hujjatga muvofiq, O‘zbekiston 2018-yilda Tojikistonga umumiy summasi 15,1 million dollar bo‘lgan 126 million kubometr tabiiy gaz yetkazib beradi. 1000 kubometr gaz uchun 120 dollar narx belgilandi, bu hozirda mavjud dunyo narxlaridan ikki barobardan ko‘proq arzon (1000 kubometr uchun 227 dollar)”, — ta’kidladi manba.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston qo‘shimcha ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda Tojikistonga yetkaziladigan tabiiy gaz hajmini oshirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2012-yilda Tojikistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgandi. Qo‘shni mamlakatdan import qilinadigan gazning asosiy iste’molchilari “Tojik alyumin kompaniyasi” davlat unitar korxonasi, Dushanbe sement zavodi va boshqa sanoat korxonalari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют