» » Yevroittifoq Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorni yanglishib muddatidan oldin e’lon qildi

Yevroittifoq Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorni yanglishib muddatidan oldin e’lon qildi


Yevroittifoq kengashi Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi haqidagi qarorni yanglishib muddatidan oldin e’lon qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov bildirdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

General-mayorga ko‘ra, Yevroittifoq saytida 15-mart kuni Tinch aholiga qarshi kimyoviy hujumlar tufayli Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi bayonot joylashtirildi. Biroq unga 15 emas, balki Bryusselda Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan sana — 19-mart qo‘yilgandi.

“Mazkur bayonotni Yevroittifoq kengashi matbuot xizmati xodimlari, albatta, olib tashladi. Faqat bir narsa tushunarsiz: Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari 19-mart kungi uchrashuvda endi qanday ovoz beradi?” — taajjublandi Konashenkov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют