» » Shavkat Mirziyoyev “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorda bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishdagi bir qator muammo va kamchiliklar sanab o‘tilgan. Xususan:

Kreditlarni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda vakolatlar haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda;

Kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkab mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatlarini chegaralamoqda;

Tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlarni olish darajasini oshirishni ta’minlamayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste’molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;

Chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;

Bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda va aholining keng qatlamlari uchun ochiq innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;

Kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqlari va boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;

Shartnomalarga xizmatlar uchun tariflar, ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni kiritish, shuningdek, bir xizmatni qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatish bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmoqda;

Bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini yechish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatishni talab darajasida ta’minlamayapti.

Qarorga muvofiq, bank xizmatlari ommabopligini oshirishni ta’minlash va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Markaziy bankning tarkibiy tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni va aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi qayd etildi.

Markaziy bankka bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:

bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olish;

bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlash;

bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashish;

moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют