» » O‘quvchilarining OTMlarga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan akademik litsey direktorlari jazolanadi

O‘quvchilarining OTMlarga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan akademik litsey direktorlari jazolanadi


Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori (VMQ-212, 23.03.2018-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan akademik litseylarga o‘quvchilarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda:

Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar, fan olimpiadalari III bosqichida 1—5-o‘rinlarni egallagan 9-sinf o‘quvchilari saralash imtihonidan ozod etiladi va qabul kvotasidan tashqari akademik litseyga qabul qilinadi.

O‘qishni bir akademik litseydan boshqasiga ko‘chirish yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi.

O‘quvchi o‘quv dasturi va o‘quv rejasi talablarini bajarmaganligi, doimiy yashash uchun boshqa hududga chiqib ketganligi va boshqa shu kabi sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

Nizomga ko‘ra, akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlariga muvofiq tizimida akademik litseylar mavjud bo‘lgan tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, tegishli prorektorlar hamda akademik litseylar direktorlari, mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Bunda intizomiy jazo qo‘llanilgan rahbar xodimlarga nisbatan keyingi o‘quv yili davomida ish haqiga ustama belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют