» » O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda transformatorlar o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda transformatorlar o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi


O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Turkiston shahrida transformatorlar o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi, deb yozadi Kazakhstan Today.

Turkiston IIB navbatchi qismiga mahalliy aholining transformatorlari o‘g‘irlangani haqida bir nechta arizalar kelib tushgan. Jumladan, joriy yilning yanvar oyida 60 yoshli erkak politsiyachilarga noma’lum shaxslar uning hovlisidan qiymati 700 ming tenge atrofidagi transformatorini o‘g‘irlab ketganligini xabar qilgan.

Turkiston IIB politsiyachilari tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida gumonlanuvchi, 40 yoshli o‘zbekistonlikni hibsga olgan. Tergov qo‘lga olinganlarning o‘zgalar mulkni o‘g‘irlash bilan bog‘liq 4 ta holatga aloqador ekanligini aniqladi. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют