» » BMT Taraqqiyot dasturi Toshkentda Qoraqalpog‘istondagi fermer xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash mavzuida anjuman o‘tkazdi

BMT Taraqqiyot dasturi Toshkentda Qoraqalpog‘istondagi fermer xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash mavzuida anjuman o‘tkazdi


2018-yil 28-martda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlaridagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Jurnalistlar bilan uchrashuv BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va BMT Doiraviy konvensiyasining Moslashuv (Adaptatsion) jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil tumanlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida haroratning o‘sish tezligi global tezlikdan ikki marotaba oshiqdir. Iqlimning salbiy oqibatlariga ta’sirchanligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston hududi yetakchi o‘rinni egallaydi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 10 ta meteorologik stansiya va ikkita gidrologik nuqtalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlab olib borildi, u yerda gidrometeorologik axborotni avtomatik ravishda yig‘ish va uzatish uchun uskunalar o‘rnatildi. Monitoring vositasida olinadigan ma’lumotlar iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Ishlab chiqarishni ob-havo va iqlim omillariga bog‘liqligi qancha past bo‘lsa, uni iqlimga bardoshliligi darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, bu esa mavjud bo‘lgan yer va suv resurslaridan ratsional foydalanish tufayli yuzaga keladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar e’tiboriga loyiha doirasida tayyorlangan videomateriallar havola etildi.

Shuningdek O‘zgidromet rahbari o‘z ma’ruzasida agro va suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llashning umumiy konsepsiyasi va uni Qoraqalpog‘istondagi pilot tumanlarda amalda qo‘llanganligi haqida so‘zlab berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют