» » Janubiy Koreya va KXDR Koreyalar o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik yuzasidan oliy darajadagi muzokaralarni boshladi

Janubiy Koreya va KXDR Koreyalar o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik yuzasidan oliy darajadagi muzokaralarni boshladi


Janubiy Koreya va KXDR vakillari 29-mart, payshanba kuni ikki davlat yetakchilari sammitiga tayyorgarlik yuzasidan oliy darajadagi muzokaralarni boshladi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish vazirligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uchrashuv Shimol va Janub o‘rtasidagi chegarada qurolsizlantirilgan zonadagi Pxanmunjom punktida 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 06:00) boshlandi.

“Sammit muvaffaqiyatli o‘tishi uchun Shimoliy Koreya vakillari bilan yaqin konsultatsiyalar o‘tkazamiz”, — dedi Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari, birlashish vaziri Cho Myon Gyon. Delegatsiya tarkibiga uning o‘rinbosari Chxon Xe Son va Janubiy Koreya prezidentining matbuot kotibi Yun Yon Chxan ham kirgan.

“Sammitni o‘tkazish sanasi, shuningdek, kun tartibi masalalari va bundan keyingi ishchi darajadagi aloqalar asosiy mavzuga aylanadi”, — deya ta’kidlanadi Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatining bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют