» » Senat yalpi majlisida Davlat xaridlari togrisidagi qonun maqullandi

Senat yalpi majlisida Davlat xaridlari togrisidagi qonun maqullandi


Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan Davlat xaridlari togrisidagi qonun maqullandi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu qonun bilan yalpi majlis ishtirokchilarini Senatning byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qomitasi raisi Muhammad Jumageldiyev tanishtirdi.

Davlat xaridlari togrisidagi qonun 12 bob, 79 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi:

Ozbekiston Respublikasining davlat siyosati, rivojlantirish boyicha davlat dasturlarini, davlat buyurtmachilari loyihalari va xojalik faoliyatini royobga chiqarishda amalga oshiriladigan;

Ozbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq tashkil etilgan va boshqa davlat maqsadli jamgarmalar mablaglari hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Ozbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bolmagan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan xorijiy grantlar va Ozbekiston Respublikasining kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Senatorlarning fikriga kora, ushbu qonunning qabul qilinishi byudjet mablaglaridan va boshqa markazlashtirilgan manbalardan, kredit resurslaridan Hukumat kafolati ostida imkon qadar samarali hamda oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, davlat sektori maqul muddatlarda narx-sifat ortasida maqbul nisbat bolgan holda zarur tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan taminlanadi



Manba: Daryo.uz
: admin (29-03-2018, 16:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -