» » Legioner uchun atalgan kun. Grigalashvilining xet-triki “Qizilqum”ga g‘alaba keltirdi

Legioner uchun atalgan kun. Grigalashvilining xet-triki “Qizilqum”ga g‘alaba keltirdi


O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z uyida Superliganing dastlabki 3 turida bir ochko ham ola bilmagan Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim esa “Qizilqum”ning legioneri Elguja Grigalashviliga ataldi. Grigalashvili “So‘g‘diyona” darvozasiga 3 ta to‘p kiritib, xet-trik muallifiga aylandi. Mezbonlar esa o‘yin so‘ngida bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Qizilqum” mavsumdagi ilk g‘alabasi bilan ortda qolgan 4 turdan keyin 3 ochko jamg‘argan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” esa atigi 1 ochko so‘nggi o‘ringa ravona bo‘ldi.

Superliga

4-tur bellashuvi

29-mart, payshanba

Gollar: 0:1 — 46 Elguja Grigalashvili. 1:2 — 84 Elguja Grigalashvili. 0:3 — 87 Elguja Grigalashvili. 1:3 — 89 Sardor Azimov.

“So‘g‘diyona”: 23. Dilshod Hamroyev, 3. Azamat Isroilov (9. Sardor Azimov, 72), 4. Elyor Orifov, 5. Farhod Mirahmatov, 7. Doniyor Odilov (99. Nurillo To‘xtasinov, 46), 10. Shohruz Norxonov, 15. Shohrux Xolmatov, 19. Alisher Ziyovuddinov, 31. Jahongir Abdumo‘minov, 33. Tohir Shamsitdinov, 77. Izzatilla Abdullayev (14. Siroj Meliyev, 79).

“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 7. Nodirxon Kamolov, 10. Alisher Sanoyev (18. Samandar Shodmonov, 34), 11. Doniyor Usmonov (9. Humoyun Abdualimov, 79), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich (8. Akmal Rustamov, 90+2).

Ogohlantirishlar: Doniyor Usmonov (24), Tohir Shamsitdinov (25), Artur Gevorkyan (68).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют