» » Ozbekiston va Qozogiston birjalari ortasida hamkorlik togrisida bitim imzolandi

Ozbekiston va Qozogiston birjalari ortasida hamkorlik togrisida bitim imzolandi


Ozbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyatida Qozogistonning Tovarnaya birja ETS aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv bolib otdi. Unda Ozbekiston va Qozogiston ortasida eksport-import birja savdosini tashkil etish boyicha hamkorlik togrisida bitim imzolandi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Uchrashuvda, shuningdek, MDH davlatlari birjalari xalqaro assotsiatsiyasi, Moskovskaya birja ochiq aksiyadorlik jamiyati vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi F.Ibrohimov mazkur kelishuv Ozbekiston va Qozogiston ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini takidladi.

Ushbu hujjat Ozbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va "Tovarnaya birja ETS aksiyadorlik jamiyatlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzishni kozda tutadi. Ishchi guruh ikki mamlakat ortasida eksport-import birja savdosi uchun tovarlar royxatini aniqlash bilan shugullanadi hamda tajriba tariqasida dastlabki birja savdolari otkazishni muvofiqlashtiradi.

Qatnashchilar, shuningdek, tovarlar bozori ishtirokchilari ortasidagi birja savdolari mexanizmlarini ishlab chiqishning oziga xos jihatlari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Qozogistonga eksport qilish maqsadida yurtimiz ishbilarmonlarini hamda qozogistonlik ishlab chiqaruvchilarni birja savdolariga jalb etish yollarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Qozogistonga mahsulot eksport qilish hajmini oshirish maqsadida ushbu mamlakatda Ozbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyatining savdo maydonchalarini ochish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 12:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -