» » Amerika vizasini qo‘lga kiritish borasida haqiqatdan yiroq bo‘lgan 10 afsona

Amerika vizasini qo‘lga kiritish borasida haqiqatdan yiroq bo‘lgan 10 afsona


Ko‘pchilik uchun Amerika vizasi orzu bo‘lib qolmoqda, buning natijasida uni olish jarayoni ko‘plab afsonalar va stereotiplar bilan to‘lib toshgan. Forum Daily ular orasida haqiqatdan uzoq bo‘lganlarini to‘plab taqdim etdi.

Bu yolg‘on. Har bir vizaga amal qilish muddati yozilgan bo‘ladi va u shu muddatga qadar amalda bo‘ladi. Viza bo‘yicha birinchi sayohatni ushbu oraliqda ko‘rsatilgan istalgan vaqtda amalga oshirish mumkin. Viza faqatgina qaytarib olinsa yoki Amerika migratsiya xizmati tomonidan bekor qilinsa o‘z kuchini yo‘qotadi.

Immigratsion bo‘lmagan turistik vizalarga bunday cheklovlar yo‘q. Bu faqat immigratsion vizalarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ushbu omil konsullikning qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq viza berilmasligining yagona sababi bo‘la olmaydi. Barcha shartlar bajarilgan bo‘lsa, albatta, viza beriladi.

Yo‘q. Qo‘shma Shtatlar viza taqdim etish yoki uni berkor qilish majburiyatini boshqa mamlakatlardagi konsullik ofislari zimmasiga yuklangan. Aynan ular so‘nggi qarorni qabul qiladi. Bundan tashqari, Amerika qonunlari viza borasida qaror qabul qilish jarayonini tashqi omillar ta’siridan himoya etadi.

Bu yolg‘on. Agarda ota-ona o‘zlarining tashrifidan maqsad — vaqtincha farzandlari bilan birga bo‘lish, AQShda qolish emasligini isbotlab bersa, ular Amerika vizasini oladi.

Vizani so‘rash vaqtida arizachining ko‘rsatgan muddati safar maqsadiga mantiqan mutanosib bo‘lishi kerak. Agarda arizachi biror joyda ishlasa va ish joyi 2 oy davomida uning ish o‘rnini saqlab qolish borasidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lsa, biroq u 6 oyga viza so‘rasa, albatta, bu turli savollarni yuzaga keltiradi.

Viza taqdim etishda ko‘plab omillar inobatga olinadi, jumladan, o‘tgan safar nima sababdan rad etilganligi ham. Shunga qaramay, barcha rad javoblari ham fuqaroning kelgusi urinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Barcha shartlar bajarilsa, vizani olish mumkin.

Viza taqdim etilmaydigan bo‘lsa, konsullik ofitserlari uning sababini ham keltiradi. Agarda arizachi mazkur sabablarni bartaraf etganini isbotlasa, keyingi safar viza beriladi.

Yolg‘on. Amerikani vizasini qo‘lga kiritish uchun bir qator shartlar bajarilgan bo‘lishi kerak. Bungan oldin xorijga chiqqanlik borasidagi fakt konsullik tomonidan qaror qabul qilinayotganida arizachining foydasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bu majburiy jarayon emas, chunki vaziyat va sharoit o‘zgarishi mumkin. Fuqaro har safar AQSh vizasini olish bo‘yicha ariza topshirganida talablarga javob berishi kerak.

Bunday emas. Avvalo AQShda belgilangan muddatdan ortiq qolib ketmaslikka harakat qilish kerak. Agar belgilangan muddatdan ortiq qolib ketilsa, jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bu kabi holatda bojxona ofitserida shubha uyg‘otgan fuqarolarga ham AQShga kirish taqiqi qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют