» » Rossiya 13 nafar ukrainalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi

Rossiya 13 nafar ukrainalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi


Rossiya 13 nafar ukrainalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 26-mart kuni Buyuk Britaniyada GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatga javoban Kiyev 13 nafar rossiyalik diplomatni badarg‘a qilishini bildirgandi.

“Skripal ishi” doirasida Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Fransiya, Germaniya va Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ukraina, Moldaviya, Xorvatiya, Albaniya, Shvetsiya, shuningdek, AQSh va Kanada jami 100 dan ortiq rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishi haqida qaror qabul qildi.

Rossiya esa bunga mutanosib tarzda javob bermoqda. Jumladan, Moskva AQShning 60 nafar diplomatini chiqarib yuboradi va Peterburgdagi bosh konsullikni yopadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют