» » Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi


Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2018-yil 1-apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.

Ilgari bu bilan Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi shug‘ullanib kelgan.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborishi lozim.

Litsenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют