» » O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi


O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, jismoniy tarbiya va sport vazirligining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, jumladan bo‘sh turgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan inshootlari, shuningdek, suzish havzalari bazasida jismoniy tarbiya va sport hamda sog‘lomlashtirish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga:

Pulli sport to‘garaklari, seksiyalari va boshqa sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish orqali Sport inshootlaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash;

Davlat-xususiy sheriklik asosida taqdim etiladigan sport inshootlari to‘g‘risida manfaatdor jismoniy hamda yuridik shaxslarning keng xabardor qilinishini ta’minlash;

Ikki oy muddatda:

Sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari stavkalarini hisob-kitob qilish metodikasi to‘g‘risida, jumladan, birinchi navbatda, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan subyektlarga muayyan imtiyozlar berish nazarda tutilgan nizom;

16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga imtiyozli shartlar asosida yoki bepul xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutilgan sport inshootlarida aholiga sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklandi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga foydalanilmayotgan binolar, obyektlar hamda inshootlarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, belgilangan tartibda sotilishini ta’minlash topshirildi.

Barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan nodavlat sport hamda sport-sog‘lomlashtirish inshootlari barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют