» » Namanganda qo‘lbola pechdan chiqqan yong‘in oqibatida nafaqaxo‘r fuqaro halok bo‘ldi

Namanganda qo‘lbola pechdan chiqqan yong‘in oqibatida nafaqaxo‘r fuqaro halok bo‘ldi


Namangan viloyatida qo‘lbola isitish pechidan kelib chiqqan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabar berishlaricha, 29-mart kuni soat 07:20 atrofida viloyatning Norin tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlardan birida nafaqaxo‘r fuqaro qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechini yoqib, uxlab qolgan.

Oqibatda yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida uydagi ko‘rpa-to‘shaklar yonib, zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют