» » Andijonda sigareta chekib uxlab qolgan 23 yoshli mast yigit yong‘inda halok bo‘ldi

Andijonda sigareta chekib uxlab qolgan 23 yoshli mast yigit yong‘inda halok bo‘ldi


Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidagi xonadonlarning birida 29-mart kuni yuz bergan yong‘in oqibatida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi. O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 29-mart kuni soat 11:20 atrofida Andijon viloyatining Jalaquduq tumani “Ko‘tarma” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarning birida 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro uyida mast holda sigareta chekib, uxlab qolgan.

Oqibatda sigareta ko‘rpaga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida uydagi ko‘rpa-to‘shaklari yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida yigitning kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq Namangan viloyatining Norin tumanidagi xonadonlarning birida qo‘lbola isitish pechidan chiqqan yong‘in oqibatida nafaqaxo‘r fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют