» » Kim Chen In janubiy koreyalik qo‘shiqchilarning Pxenyandagi konsertiga tashrif buyurdi

Kim Chen In janubiy koreyalik qo‘shiqchilarning Pxenyandagi konsertiga tashrif buyurdi


160 dan ortiq janubiy koreyalik mashhur san’atkorlar KXDR poytaxti Pxenyandagi Katta Teatrda konsert berdi, deb yozadi “RBK” Yonhap agentligiga tayanib.

Konsertga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning singlisi va rafiqasi, shuningdek, KXDR Oliy xalq yig‘ini prezidiumi raisi Kim Yon Nam tashrif buyurdi.

1500 kishilik zal liq to‘ldi. Pxenyanga ikkita charter reysi bilan uchib kelgan artistlar orasida turli janrlarda kuylaydigan mashhur xonandalar, shu jumladan, Janubiy Koreya pop-yulduzlari ham bor edi.

Ta’kidlanishicha, Pxenyanda janubiy koreyalik qo‘shiqchilarning konserti 2005-yildan buyon birinchi marta o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют