» » Oliy sud sudyalari Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

Oliy sud sudyalari Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi


30?31-mart kunlari O‘zbekiston Oliy sudi sudyalari Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Sayyor qabullarda jami 185 nafar fuqaro qabul qilindi. Ularning 83 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari yuzasidan, 57 nafari jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari yuzasidan, 9 nafari iqtisodiy va 12 nafari ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlari yuzasidan murojaat qilgan.

Xususan, 30-mart kuni Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Qumqo‘rg‘on, Uzun, Angor va Qiziriq tumanlari fuqarolari ham qabul qilindi. Unda Oliy sud raisi o‘rinbosari B. Dehqonov rahbarligidagi sudyalar guruhi fuqarolar va tadbirkorlarning jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan qabul qilingan sudlov qarorlari ustidan shikoyatlari hamda ommaviy-huquqiy munosabatlarga oid murojaatlarini qabul qildilar.

Jumladan, fuqaro O. Bozorov o‘z murojaatida G. Choriyevaning uyga kiritish haqidagi da’vo talabi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2017-yil 22-noyabrdagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2018-yil 16-yanvardagi ajrimi u ayol bir uyda yashash imkoniyati yo‘qligi tekshirilmasdan qabul qilinganidan shikoyat qilgan.

Advokat Ch. Mamatqulov Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Ch. Bozorov JKning 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun 2014-yilda noto‘g‘ri javobgar bo‘lganligi sababli sud qarorlarini bekor qilishni va unga nisbatan oqlov hukmi chiqarishni so‘ragan.

Fuqaro A. Qurbonova Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman sudi 2012-yil 30-aprelda singlisi — tadbirkor ayol L. Qurbonovani nohaq ma’muriy javobgarlikka tortganidan norozilik bildirgan.

Sayyor qabul 2018-yil 31-mart kuni O‘zbekiston prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida davom etib, unda Termiz shahri, Termiz, Denov, Angor va Sherobod tumanlaridan kelgan fuqarolar qabul qilindi.

Xususan, javobgar vakili I. Aksyonova T. Vapayevaning javobgari S. Zaxarenkodan qarz va foizini undirish haqidagi da’vosi yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2016-yil 24-sentabrdagi hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘radi.

Sayyor qabullarda fuqarolarning Oliy sudning vakolatiga tegishli shikoyatlar qabul qilinishi bilan bir qatorda quyi sudlarining vakolatiga tegishli bo‘lgan murojaatlar viloyat sud raislari tomonidan joyida o‘rganilib mazmunan hal etilishi choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют