» » Ozbekiston va Afgoniston AKT vazirliklari ortasida memorandum imzolandi

Ozbekiston va Afgoniston AKT vazirliklari ortasida memorandum imzolandi


Ozbekiston va Afgoniston AKT vazirliklari ortasida memorandum imzolandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

2018-yilning 2-aprelida Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxojayev Afgoniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobini qabul qilgan edi.

Unda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari ortasidagi xalqaro telefon trafik sigimini kattalashtirish, xalqaro internet tarmogiga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yonalishlarda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida 3-aprel kuni Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxojayev hamda Afgoniston Islom Respublikasining Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobi ikkala mamlakat ortasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yonalishida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Strategik hamkorlik boyicha anglashuv Memorandumini imzoladi.

Mazkur hujjatdan kozlangan bosh maqsad ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va pochta xizmatlarini korsatishda tajriba almashish, aloqalarni kengaytirishdan iborat. Memorandumda, shuningdek AKT sohasida texnik yordam korsatish masalasi ham kozda tutilgan.

Anglashuv memorandumi asosida tomonlar hamkorlikka oid meyoriy-huquqiy bazani takomillashtiradi, ozaro daxldor bolgan telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda pochta aloqasi infratuzilmasini maqbullashtirish choralarini koradi. Xususan, Markaziy Osiyoga Ozbekiston orqali otadigan pochta tranzitining faoliyati taminlanadi.

Shu bilan birga, tomonlar AKT sohasining turli yonalishlarida raqobatbardoshlilikni oshirish, elektron hukumat yonalishida hamkorlik qilishni kelishib oldi.

Shuningdek, muzokaralar asosida Ozbektelekom AK hamda Afghan Telecom Corporation ortasida ham Strategik hamkorlik boyicha anglashuv Memorandumi imzolandi. Telekommunikatsiya sohasining iqtisodiy yuksalishdagi orni hisobga olinib, tomonlar telekommunikatsiya yonalishida ozaro xizmat korsatishni yolga qoyishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-04-2018, 16:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -