» » Sudlarga kimlar murojaat etishga haqli?

Sudlarga kimlar murojaat etishga haqli?


Muayyan nizoga oid ariza yoki da’vo arizasi bilan sudga 3 toifadagi shaxs murojaat qilishga haqli. Bu haqda Adliya vazirligi eslatib o‘tdi.

Ular:

O‘zining huquqi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab murojaat qilayotgan shaxslar;

Prokurorlar;

Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar.

Sudlarga da’vo arizasi, ariza, iltimosnoma va shikoyat quyidagi tartibda berilishi mumkin:

Sudlarga bevosita tashrif buyurgan holda sudning devonxonasi yoki sud rahbariyati, sudyalarning shaxsiy qabuli orqali;

Pochta aloqa bo‘limlari orqali;

Uydan, ishxonadan yoki internet tarmog‘idan foydalangan holda elektron ravishda Oliy sudning rasmiy veb-sayti yoki axborot tizimining veb-sayti orqali.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют