» » Tramp Xitoydan keladigan import mahsulotlariga bojlarni oshirmoqchi

Tramp Xitoydan keladigan import mahsulotlariga bojlarni oshirmoqchi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatiga Xitoydan keltiriladigan mahsulotlarga bojlarni 100 milliard dollargacha oshirishni o‘rganib chiqishni topshirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

“Xitoyning adolatsiz reaksiyasi fonida men AQSh savdo vakolatxonasiga 100 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha bojlar kiritish masalasini ko‘rib chiqishni va ular amal qiladigan tovarlarni aniqlashtirishni topshirdim”, — dedi Tramp.

Shu tariqa, Oq uy 25 foizli stavka bo‘yicha boj solinadigan Xitoy importi hajmini ikki karra oshirmoqchi.

Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh qo‘shimcha bojlar kiritilishi mumkin bo‘lgan 1,3 mingta Xitoy tovarlari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Xitoy AQShning yakuniy qarorini kutmasdan, 2-apreldan Amerika eksportining bir qator mahsulotlariga jami qiymati 3 milliard dollarlik bojlarni kiritdi va Jahon savdo tashkilotiga Vashingtonning harakatlari ustidan shikoyat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют