» » O‘zbekistonga tashrif buyurgan Asia-Plus muxbiri: Bu yerda oshni kilolab sotisharkan va biznikidan 3 barobar arzon

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Asia-Plus muxbiri: Bu yerda oshni kilolab sotisharkan va biznikidan 3 barobar arzon


Tojikistonning Asia-Plus axborot agentligi muxbiri O‘zbekistonning oltita viloyatini kezib, mamlakatning bugungi ko‘rinishi borasidagi o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Agentlik muxbiri Toshkentga samolyot orqali emas, balki eng uzoq yo‘l — So‘g‘d viloyatidagi chegara orqali kelishni istagan. U O‘zbekistonning Tojikiston bilan Surxondaryodagi chegarasini kesib o‘tib, Toshkent shahriga qadar yo‘l-yo‘lakay Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarini sayr qilib kelgan.

Viza rejimi bekor qilingach, o‘zbek-tojik chegarasini har kuni 10 mingga yaqin odam kesib o‘tmoqda. Endilikda bojxona o‘tkazish punktlarida odamlar gavjum. Mayda biznesmenlar talab yuqori bo‘lgan tovarlarni bir yoqdan ikkinchisiga tashib, daromad ko‘rmoqda. Masalan, O‘zbekistondan Tojikistonda tuxum, guruch, o‘simlik yog‘i va tekstil mahsulotlari olib ketilayotgan bo‘lsa, Tojikistondan olma, nok, Xitoy mahsulotlari, changyutgich va gilamlar tashilmoqda. Ikki mamlakatning amaldagi qonunlariga ko‘ra, odamlar chegaradan qiymati 300 dollargacha bo‘lgan tovarlarni hech qanday boj to‘lovlarisiz olib o‘tishlari mumkin.

Bundan tashqari muxbir o‘zbek taksichilarining xizmati tojiklarnikidan ko‘ra arzonroq ekanligini ham ta’kidlab o‘tgan.

“Tojikistonda litsenziyasiz taksichilik qiladiganlar 50 kilometr masofa uchun 25 somoniy (25 ming so‘m) so‘rasa, o‘zbeklar xuddi shuncha masofaga uzog‘i bilan 10 somoniy so‘raydi”, — deb yozadi u.

Shuningdek, muxbir o‘zbek oshxonalari haqida ham o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi:

O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tib, to Toshkentga yetib borgunimizga qadar yo‘lda minglab kafe va restoranlarga duch keldik. Toshkentgacha bo‘lgan salkam ming kilometrlik yo‘lda ofitsantlari maxsus kiyimsiz xizmat qiladigan birorta muassasaga duch kelmadim; birortasida siniq mebel yoki yuvilmagan idishni uchratmadim. Narxi ham Tojikistondagidan ikki, ba’zida uch barobar arzon. Aytgancha, birorta kafeda mijozlarga xizmat uchun qo‘shimcha pul olishmaydi.

Sirdaryo yo‘lidagi kafeda esa bizga oshni tarozida tortib berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi o‘zbek kafe va restoranlarida osh tarozida tortilib sotilarkan — 100, 200 gramm yoki ikki kilogramm.

Umuman olganda bizning yo‘l bo‘yidagi oshxonalarimiz o‘zbeklarnikini oldida — haqiqiy arzon traktir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют