» » Farg‘onaning Buvayda tumanida jami 2,1 mlrd so‘mlik kredit o‘z egalariga yetib bormagan

Farg‘onaning Buvayda tumanida jami 2,1 mlrd so‘mlik kredit o‘z egalariga yetib bormagan


Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida o‘tkazilgan monitoring jarayonida tijorat banklari tomonidan 259 ta issiqxona qurilishi, 11 806 bosh parranda va limon ko‘chatlari sotib olinishi uchun ajratilgan jami 2 milliard 171 million so‘mlik kredit mablag‘lari o‘z egalariga yetib bormagani yoki boshqa asoslarga ko‘ra joyida mavjud emasligi aniqlandi. Bu haqda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saytiga joylangan xabarda aytiladi.

Shu bois Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan TIF “Milliy bank”, AT Xalq banki va “Agrobank”ning tuman filiallari hamda tumandagi agrofirmalar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 2-qismi, “a” bandi va 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish), 3-qismi, “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Ayni paytda esa tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishlari ayblov xulosasi bilan birga sudga oshirildi.

“Ushbu banklarning viloyat filiallari yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi tomonidan joylarda kreditlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan to‘laqonli monitoring olib borilganida edi, yuqoridagi kabi noxush holatlarga yo‘l qo‘yilmasdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют