» » “O‘zavtosanoat” AK tirik baliq tashiydigan transport ishlab chiqaradi

“O‘zavtosanoat” AK tirik baliq tashiydigan transport ishlab chiqaradi


“O‘zavtosanoat” AK tirik baliq tashiydigan transport ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu Prezidentning “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Spot.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda uzoq masofaga tirik baliq tashish uchun izotermik konteyner bilan jihozlangan zamonaviy transport ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Ishlab chiqarish “O‘zavtosanoat”ga qarashli korxonalar bazasida 2019-yil 1-martga qadar boshlanadi. Unga 10 tonnali MAN va 5 tonnali Isuzu asos qilib olinadi.

Loyiha “O‘zavtosanoat” AK mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Uning aniq summasi ma’lum qilinmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют