» » O‘zbekistonda 2017-yilda sudlar tomonidan 262 kishi oqlandi

O‘zbekistonda 2017-yilda sudlar tomonidan 262 kishi oqlandi


O‘zbekistonda 2017-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda Oliy sud matubot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda 2012—2016-yillarda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan shaxslarni aybsiz deb topish va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq sud qarorlari o‘rganib chiqilganda sudlar bu masalaga yanada ma’suliyat bilan yondashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 68 ta jinoyat ishi bo‘yicha 114 nafar shaxsga nisbatan oqlash va reabilitatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarildi.

Xususan, birinchi instansiya sudlari tomonidan 55 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 83 moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) asnosida 9 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatilgan. Yuqori turuvchi instansiya sudlari tomonidan 50 nafar shaxs oqlangan va ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatilgan.

Oliy sud Rayosati tomonidan 2 nafar shaxs va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa 9 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida 29, Toshkent shahrida 16, Toshkent viloyatida 13, Surxondaryo viloyatida 7, Andijon viloyatida 7, Xorazm viloyatida 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5, Samarqand viloyatida 5, Farg‘ona viloyatida 4, Jizzax viloyatida 4, Sirdaryo viloyatida 4, Navoiy viloyatida 4 va Buxoro viloyatida 1 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Oliy sud tomonidan ushbu sud qarorlari o‘rganib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha e’lon qilingan ayblovlar dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxminlar yoki mish-mishlardan iborat ma’lumotlar hamda nomaqbul dalillarga asoslangani bois sudlar tomonidan barcha qarorlar asosli ravishda chiqarilgan deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют