» » Kim Chen In ilk bor Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashishi haqida ma’lum qildi

Kim Chen In ilk bor Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashishi haqida ma’lum qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi yig‘ilishida ilk bor AQSh va Janubiy Koreya bilan oliy darajadagi uchrashuvlarni tilga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Koreya markaziy telegraf agentligiga ko‘ra, Kim Chen In 27-aprel kuni Pxanmunchjom chegara punktidagi “Tinchlik uyi”da bo‘lib o‘tadigan Mun Chje In bilan muzokaralar haqida ma’lum qilgan.

Shuningdek, “AQSh bilan muloqot istiqbollari”ga baho bergan.

Shu tariqa, bu Kim Chen In tomonidan aytilgan va KXDR OAVlarida yoritilgan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar haqidagi ilk eslatma bo‘ldi. Garchi 27-aprelda o‘tkaziladigan sammitga to‘liq tayyorgarlik ketayotgan bo‘lsa ham, muzokaralar haqida shu paytgacha faqat Janubiy Koreyaning yuqori martabali mansabdorlari ma’lum qilib kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют