» » Saydullo Abdullayev Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Saydullo Abdullayev Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi


Abdullayev Saydullo Farhodbekovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar bermoqda UzReport.

Saydullo Abdullayev 2005-yildan buyon O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

U 1965-yil 17-mart kuni tug‘ilgan. 1991-yilda Kalinin davlat universitetini, 1997-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

1997—2002-yillarda O‘zbekiston Markaziy bankida bir qator departamentlar direktori lavozimini egallagan.

2002—2005-yillarda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari, so‘ng bosh direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют