» » Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi


11-aprel kuni O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Jahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Gross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan Digital CASA loyihasi yuzasidan fikr almashdi. Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalar infratuzilmasini rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimlarini joriy qilish hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.

O‘zbekiston tomoni mehmonlarni mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xususan telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan Digital CASA dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulanish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi davlat iqtisodiy salohiyatining oshishi, aholiga sifatli elektron xizmat ko‘rsatilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

Mazkur strategik maqsadga erishish uchun Digital CASA hududiy loyihasi Internet tezligini oshirib, xususiy sarmoyalarning davlatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

O‘zbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma’lum qilib, Jahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi.

Tomonlar istiqbolda ikki tomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr-mulohaza almashishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют