» » Boks. Murodjon Ahmadaliyevning prof boksdagi 2-jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning prof boksdagi 2-jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksga o‘tgan Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini amerikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Murodjon professional boksdagi ikkinchi jangini amerikalik Jorj Ruizga qarshi o‘tkazadi. Ma’lumot uchun Jorj Ruiz bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.

Ahmadaliyev esa 10-mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jang 21-aprel (Toshkent vaqti bilan 22-aprel kuni tongda) Bruklindagi Kings Theatre’da bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 00:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют