» » Namanganda talabalarning innovatsion ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi

Namanganda talabalarning innovatsion ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi


Namangan muhandislik-texnologiya institutida iqtidorli talabalarning “Innovatsion loyihalar va ishlanmalar tanlovi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Oqilxon Dadaboyev ma’lum qildi.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasi hamda institutda ilmiy salohiyatli kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlovda uchta yo‘nalish bo‘yicha 40 dan ziyod talaba ishtirok etdi.

Tanlov hay’ati tomonidan har bir qatnashchining ilmiy yondashuvlarga asoslangan innovatsion g‘oya, ishlanma va loyihalari taqdimoti tinglanib, atroflicha o‘rganib chiqildi. Tanlovda namoyish etilgan issiqxonalar uchun avtomatik nazorat qurilmasi, gaz va issiqlikdan ogohlantiruvchi qurilma, maktab o‘quvchilari uchun yangi turdagi maktab formalari, havo bosimida ishlovchi dvigatel, avtomatik qo‘ng‘iroq, qiyin sug‘oriladiganlar yerlar uchun gidrogel moddasi, fermerlar uchun kichik urug‘ ekish moslamasi, matolarni sinash moslamasi kabi istiqbolli ishlar e’tirof etildi.

Qayd etish joizki, tanlovda talabalar tomonidan taqdim etilgan 20 ga yaqin innovatsion ishlanma, 10 ga yaqin loyiha va dizaynerlik ishlariga kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqarish korxonalari va fermerlar tomonidan katta qiziqish bildirilib, hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.

— Tanlovda yangi assortimentdagi ayollar sport kiyimi loyihasi bilan ishtirok etdim, — deydi institut yengil sanoat texnologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Muattar Saidaliyeva. — Taqdim etgan modellarimiz respublika tekstil sanoatida o‘z nufuziga ega bo‘lgan “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarishga joriy etish reajalashtirilmoqda.

Professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha Nozimxon Ahmedov (mahalliy xomashyolar va chiqindilardan tayyorlanadigan qurilish g‘ishti va yozuv bori g‘oyasi), “Eng yaxshi innovatsion ishlanma muallifi” nominatsiyasida Tal’atjon Abdulhakimov (yuqori nam tortuvchi gidrogel muallifi) va “Eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi” nominatsiyasida Shohruxmirzo Raufov (maktab o‘quvchilari uchun formalar loyihasi) g‘olib deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют