» » Putin qizining fondi 2017-yilgi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berdi

Putin qizining fondi 2017-yilgi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berdi


Ta’sischilaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin etiladigan Katerina Tixonova bo‘lgan, talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy-loyihaviy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi “Milliy intellektual taraqqiyot” fondi o‘z tarixidagi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berdi, deb yozadi “MBK Media”.

Rasmiy hisobotga ko‘ra, 2017-yilda fond 704 million rubl sarf qilgan. Ushbu mablag‘ning yarmidan ko‘pini alohida shaxslar yoki xususiy tashkilotlardan olingan pullar tashkil qildi. Mablag‘ning asosiy qismi “maqsadli tadbirlar”ga xarjlangan.

Ta’kidlanishicha, fond yaratilganidan buyon uning sarf-xarajatlari yildan-yilga oshib bormoqda.

Katerina Tixonova — Bloomberg va Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putinning qizi. AQSh moliya vazirligi ham yangi sanksiyalar haqida e’lon qilayotib Tixonovani Rossiya yetakchisining qizi deb atadi. Ammo Putinning o‘zi oilasi a’zolari haqida hech qachon omma oldida oshkora gapirmagan.

Avvalroq Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Katerina Tixonova va “Sibur” neft-kimyo kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Kirill Shamalov ajrashgani haqida xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют