» » Mash asoschisi Nikita Mogutin Toshkentda o‘tkaziladigan USENET 2018 anjumanida ishtirok etadi

Mash asoschisi Nikita Mogutin Toshkentda o‘tkaziladigan USENET 2018 anjumanida ishtirok etadi


Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan USENET 2018 xalqaro digital anjumanida Mash loyihasi asoschisi Nikita Mogutin ishtirok etishi kutilmoqda. Mogutin “Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida mashhurligi bo‘yicha aksariyat OAVdan o‘zib ketgan mediani yaratish tarixi” mavzusida ma’ruza qiladi.

Mash (https://t.me/breakingmash) – Rossiyada bundan bir yil avval yaratilgan eng yirik yangiliklar internet-loyihasi sanaladi. Loyiha asoschisi Nikita Mogutin bungacha “Life.ru” bosh muharriri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilning birinchi yarmi natijalariga ko‘ra Mash Rossiya OAVda eng ko‘p tilga olingan Telegram-kanali bo‘ldi.

Nikita Mogutin faqat bir kun – 27-aprel kuni USENET 2018 doirasida chiqish qiladi. Anjuman International Hotel Tashkent mehmonxonasi anjumanlar zalining biryo‘la ikki qavatida 3 ta parallel seksiyalarda tashkil etiladi.

Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) media agentligi tadbir tashkilotchisi hisoblanadi. Konferensiya O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Bosh homiy - Beeline Uzbekistan.

Anjuman homiylari: Samsung, Click mobil banking tizimi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i.

Yoqimli an’anaga ko‘ra, anjuman International Hotel Tashkent anjumanlar-zalining ikkita qavatida 27-aprel kuni ertadan kechgacha o‘tkaziladi. Konferensiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют