» » Toshkentda pasportlar o‘rniga ID-kartalar tizimi 1-noyabrgacha sinov rejimida joriy qilinadi

Toshkentda pasportlar o‘rniga ID-kartalar tizimi 1-noyabrgacha sinov rejimida joriy qilinadi


Toshkentda 1-noyabrgacha pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo‘yicha sinov loyihasi joriy etiladi, deb yozadi Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, hozir amalda bo‘lgan pasportlar, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (respublika ichida), haydovchilik guvohnomalari bundan mustasno, o‘rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) tizimi joriy qilinadi. Ularga har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun foydalaniladi.

1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.

1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtirilishi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют