» » Termiz shahrida axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Termiz shahrida axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda


Termiz shahrida “Central Asia 2018. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari o‘rni” mavzusida o‘tkazilayotgan XII xalqaro konferensiyasi davom etmoqda, deb yozadi O‘zA.

Anjuman doirasida Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekistondagi nashriyotlar tomonidan yangi chop etilgan kitob va albomlar, jurnal va boshqa matbaa mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, bolalar kitoblari, ensiklopediya va lug‘atlar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarga keng o‘rin ajratildi. Sohani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan bir guruh mutaxassislarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Viloyat markazida yangidan qurilib, shu yil foydalanishga topshirilgan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi bunga yaqqol misoldir.

“Milliy va zamonaviy arxitektura yechimlari asosida barpo etilgan yangi ma’rifat maskanimiz xalqaro standartlarga mos jihozlangan. 225 mingga yaqin kitob va 5 mingga yaqin elektron kitob fondiga ega yangi markazda Book-kafe va ‘Kitob olami’ savdo do‘koni, Wi-Fi hudud mavjud. Muhtasham maskanda bir yilda yuz mingdan ortiq kitobxonning ehtiyojini qondirish imkoniyati yaratilgan. Bunday zamonaviy sharoitlar kitob mutolaasiga qiziqish va intilishni yanada oshirmoqda. Masalan, o‘tgan yilning birinchi choragida markaz xizmatidan 5 ming kitobxon foydalangan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 23 mingdan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatildi. Viloyatda o‘tkazilayotgan mazkur konferensiya bu boradagi ishlarimizni qayta tahlil qilib, kutubxonachilarimizning malakasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonning boshqa hududlari va xorijning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, amaliyotga joriy etishga qulay muhit yaratdi”, — deydi Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi rahbari M.Abdushukurov.

Surxondaryo viloyatida 1 ming 100 dan ortiq kutubxona va axborot-resurs markazi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Anjumanning dastlabki kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda mamlakatning yetakchi olimlari va mutaxassislari, shuningdek Janubiy Koreya, Pokiston, Eron, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning tajribali mutaxassislari sohaga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni ishtirokchilar to‘rtta seksiyaga bo‘linib, “Hududlarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishda yangi tendensiyalar: o‘zaro hamkorlik yo‘llari”, “Fan va ta’lim rivojida axborot-kutubxona muassasalarining roli”, “Axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi masalalari: hukumat topshiriqlari ijrosi kesimida”, “Texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish – aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim omil” kabi mavzularda fikr almashdi, taklif va tavsiyalar bildirdi. Tajribali ekspertlar yurtimizning turli hududlaridan kelgan kutubxonachi-mutaxassislar uchun “EBSCO, Web of Siense elektron ma’lumotlar bazalari va RDK dissertatsiyalar elektron kutubxonasi bilan ishlash asoslari” mavzuida mahorat darslari, seminar va “E Line Press” kompaniyasining faoliyati hamda loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.

Ishtirokchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qiziqarli madaniy tadbirlar tashkil etildi. Mehmonlar tarixiy obidalar va mustaqillik yillari barpo etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Delegatsiyamizning ushbu nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgani bunga yaqqol misoldir. Anjumanda sohamiz bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldik. O‘tmishdan dunyo ilm-fani, madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan vohada mangu qo‘nim topgan aziz-avliyolarni ziyorat qilib, so‘nggi yillarda bunyod etilgan zamonaviy inshootlar bilan tanishdik. Asrlarga tatigulik o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rib, quvondik.

Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi fondiga mamlakatimizda yangi chop etilgan 900 dona badiiy, tarixiy, huquqiy, ilmiy va boshqa kitoblar tuhfa qilindi”, — deydi Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi kutubxona direktori, filologiya fanlari doktori Shodimuhammad So‘fizoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют