» » 33 mlrd so‘mlik budjet intizomi buzilishi holatlari aniqlandi

33 mlrd so‘mlik budjet intizomi buzilishi holatlari aniqlandi


Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari birinchi chorakda 844 marta nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ularning 661 tasida 33 milliard so‘mlik budjet intizomi buzilishi holatlari, jumladan, 5,1 milliard so‘mning o‘zlashtirilishi va talon-taroj qilinishi, 24,8 milliard so‘mning noqonuniy sarflanishi hamda Moliya vazirligi qoshidagi jamg‘armalar mablag‘larining 3,2 milliard so‘mlik mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi.

Tekshiruvlar natijasida 20,8 milliard so‘mlik mablag‘lar qayta tiklandi. 650 ta nazorat tadbiri bo‘yicha materiallar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Budjet tashkilotlarining byudjet intizomini buzgan 32 nafar mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka va 16,7 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Hukumat kafolatlagan kreditlar, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa yo‘nalishlardagi kreditlar bo‘yicha 27 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lsa, 22 ta holatda 1,3 milliard so‘mlik talon-taroj holatlari aniqlangan. Ushbu mablag‘larning 1,1 milliard so‘mi qaytarilgan. 1,2 milliard so‘mlik 18 ta material huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasiga jismoniy shaxslardan 199 ta murojaat kelib tushgan. Jismoniy shaxslar murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 98 million so‘mlik moliyaviy qonun buzilishlari aniqlanib, 13 ta material huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют