» » Muhammadkali Abilgaziyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib tayinlandi

Muhammadkali Abilgaziyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib tayinlandi


Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Muhammadkali Abilgaziyevni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Kabar.kg” ma’lum qildi.

Jogorku Kenesh deputatlari navbatdan tashqari yig‘ilishda Abilgaziyevning nomzodi, shuningdek, Qirg‘izistonning hisob bo‘yicha 30-hukumati dasturi, tizimi va tarkibini tasdiqladi.

Muhammadkali Abilgaziyev 1968-yilda Qirg‘izistonning Norin viloyatida tug‘ilgan. Skryabin nomidagi qishloq xo‘jalik instituti hamda Xalqaro universitetning iqtisodiyot va biznes fakultetini tamomlagan.

U bosh vazir etib tayinlangunga qadar Qirg‘iziston prezidenti apparatini boshqarayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют