» » Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekison delegatsiyasi 23-aprel kuni Xitoyga tashrif buyuradi

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekison delegatsiyasi 23-aprel kuni Xitoyga tashrif buyuradi


2018-yilning 23—25-aprel kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiya Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yilning 23—24-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlari Sindao shahrida (XXR) Xitoy raisligida bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Pekin shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют