» » O‘zbekiston harbiylari qabristonlarni obodonlashtirish xayriya aksiyasini o‘tkazadi

O‘zbekiston harbiylari qabristonlarni obodonlashtirish xayriya aksiyasini o‘tkazadi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan 22-aprel kuni mamlakatdagi birodarlik va harbiy qabristonlar, urush va mehnat faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylar, shuningdek, boshqa qabrlar tozalanib, tartibga keltirish ommaviy aksiyasi o‘tkaziladi.

Vazirlik matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, aksiya doirasida qabriston panjaralarini bo‘yash, gul ekish, zarurat bo‘lsa — qabrlar yoniga kursi o‘rnatish, kirish darvoza va temir panjaralarni payvandlash kabi ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etishlaricha, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 9-may — “Xotira va Qadrlash kun”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra harbiy qismlar joylashgan hududlardagi qabristonlarni obodonlashtirish, “Motamsaro ona” xaykali poyiga gulchambarlar qo‘yish, urush va mehnat faxriylari uchun rasmiy qabul marosimlari, “Avlodlar uchrashuvi”, “E’zoz” va “Ehtirom” uchrashuvlari, Ikkinchi Jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalarning namoyishini o‘tkazish hamda bayram konsertlari va salyutni tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют