» » O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar tomonidan 69 ta qabriston obodonlashtirildi (foto)

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar tomonidan 69 ta qabriston obodonlashtirildi (foto)


Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida 22-aprel yakshanba kuni Respublika hududida joylashgan muqaddas qadamjolar, masjid va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarida besh mingdan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, vazirlik markaziy apparati harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan Toshkent shahridagi “Botkina” nomli qabristonda uyushqoqlik bilan hashar tashkil etildi. Qabrlar atrofi, ariq va yo‘laklar tozalandi. Panjaralarni bo‘yash, daraxt va devorlarni oqlash, payvandlash kabi yumushlar bajarildi.

Bu kabi tadbirlar shu kuni Respublikaning chekka hududlarida ham davom etdi. Toshkent shahrida 18 ta, Jizzax, Samarqand shaharlarida 8 ta, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida 20 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 16 ta hamda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi 7 ta qabristonlar hashar yo‘li bilan obod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют