» » Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xivadagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi


Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Ichan qal’a” hamda Nurillaboy majmuasini ziyorat qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Oliy martabali mehmonga ushbu qadamjolar tarixi, bu yerda sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi.

Ochiq osmon ostidagi muzey shahar “Ichan qal’a”da joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasida buyuk siymo xotirasiga qur’on tilovat qilindi.

Ikki mamlakat prezidentlari Sherg‘ozixon madrasasini ham ko‘zdan kechirdi. Bu maskanda ta’lim olgan allomalar sharafiga tashkil qilingan muzey faoliyati bilan tanishdi. Ushbu madrasada o‘z davrida Mahtumquli Firog‘iy ham uch yil mobaynida o‘qib tahsil olgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistondagi barcha tarixiy shaharlar qatori Xiva shahrining ham tarixiy-me’moriy va turizm salohiyati izchil rivojlantirilmoqda. Hududdagi bebaho madaniy yodgorliklar asl qiyofasini yo‘qotmagan holda ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirilmoqda.

Xususan, Nurillaboy tarixiy majmuasi rekonstruksiya va restavratsiya qilindi. Restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr qurildi.

Bu ajdodlarning boy tarixiy merosi, madaniyati va san’ati namunalarini asrab-avaylash, o‘zbek xalqining yuksak bunyodkorlik salohiyatini dunyo jamoatchiligiga keng namoyon etishga xizmat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют