» » Farg‘onada harbiylar Mi-8 vertolyotidan parashyutda sakrash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)

Farg‘onada harbiylar Mi-8 vertolyotidan parashyutda sakrash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi (foto)


Sharqiy harbiy okrug hududidagi “Farg‘ona” dala-o‘quv maydonida Mi-8 vertolyotlarida parvoz qilish va parashyutda sakrash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda 120 nafar harbiy xizmatchi qatnashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali taktik-o‘quv mashg‘ulotlarini Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyi maxsus guruhining 100 nafardan ortiq o‘quvchilari ham kuzatib bordi.

Dala-o‘quv maydonida belgilangan hududlarda o‘quvchilar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi. Taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida harbiylar tomonidan jangovar qurol va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida hududni o‘rganish, pozitsiyalarni egallash, amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifa bajarilishi namoyish etildi.

Bir guruh harbiylar SPG-9, AGS-17, RPG-7 o‘qotar qurollari va pulemyotdan amaliy o‘q otish hamda belgilangan nishonni yo‘q qilish mashqlarini bajardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют