» » Ozbekistonda 2018-yilda yollar qurilishi va tamirlanishi uchun 3,7 trln sarflanadi

Ozbekistonda 2018-yilda yollar qurilishi va tamirlanishi uchun 3,7 trln sarflanadi


Milliy matbuot markazida 25-aprel kuni Ozbekiston Avtomobil yollari davlat qomitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Avtomobil yollari qurish ishlari sifatini oshirish, yollardan foydalanish jarayoniga kompleks yondashuv mavzuida matbuot anjumani otkazildi, deya xabar bermoqda davlat qomitasi matbuot xizmati.

Tadbirda qomita vakillari 2018-yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida toxtalib otdi. Qayd etishlaricha, Ozbekiston boyicha avtomobil yollarida yil davomida 7249,9 kilometr uzunlikda umumiy qiymati 3,7 trillion somlik qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bu otgan yilga nisbatan 1,8 baravar kop.

Xususan, qishloq joylarda 2754 kilometr ichki xojaliklararo yollarni tamirlash, 600 kilometrdan ortiq shahar va namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan qishloq massivlarning kochalarini hamda 280 kilometr magistral yollarini qurish va rekonstruksiya qilish, 3634 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yollarini tamirlash kozda tutilgan.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududlarga bolgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, dasturga qoshimcha ravishda yana 315 kilometr ichki xojaliklararo yollar va kochalarda qurilish hamda tamirlash ishlari boshlanadi.

Malumot ornida, 2018-yilning birinchi chorak yakunlari boyicha Ozbekistondagi 210 kilometr ichki va mintaqaviy avtomobil yollari tamirlandi.

Mavzuga doir:Ozbekiston yolsozlari 2018-yilning ilk uch oyida yol yoqalariga 230 mingga yaqin nihol ekdi



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2018, 16:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -