» » O‘zbekistonda 2018-yilda yo‘llar qurilishi va ta’mirlanishi uchun 3,7 trln so‘m sarflanadi

O‘zbekistonda 2018-yilda yo‘llar qurilishi va ta’mirlanishi uchun 3,7 trln so‘m sarflanadi


Milliy matbuot markazida 25-aprel kuni O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Avtomobil yo‘llari qurish ishlari sifatini oshirish, yo‘llardan foydalanish jarayoniga kompleks yondashuv” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar bermoqda davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbirda qo‘mita vakillari 2018-yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Qayd etishlaricha, O‘zbekiston bo‘yicha avtomobil yo‘llarida yil davomida 7249,9 kilometr uzunlikda umumiy qiymati 3,7 trillion so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,8 baravar ko‘p.

Xususan, qishloq joylarda 2754 kilometr ichki xo‘jaliklararo yo‘llarni ta’mirlash, 600 kilometrdan ortiq shahar va namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan qishloq massivlarning ko‘chalarini hamda 280 kilometr magistral yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 3634 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududlarga bo‘lgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, dasturga qo‘shimcha ravishda yana 315 kilometr ichki xo‘jaliklararo yo‘llar va ko‘chalarda qurilish hamda ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018-yilning birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi 210 kilometr ichki va mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta’mirlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston yo‘lsozlari 2018-yilning ilk uch oyida yo‘l yoqalariga 230 mingga yaqin nihol ekdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют