» » O‘zbekistonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati takomillashtiriladi

O‘zbekistonda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati takomillashtiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Hujjat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha, 2018-yil 1-iyuldan:

barcha fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashga a’zoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;

fermer va dehqon xo‘jaliklarining Kengashda a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor bo‘lishi uchun asos bo‘ladi;

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari qishloq xo‘jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berildi:

uyma-uy yurish orqali dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan, yerni tayyorlash, urug‘, ko‘chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish, chorva va parrandalarni ko‘paytirish holatini davriy monitoring qilib borish;

Kengash a’zolari – fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;

tuman hokimlariga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют