» » Ozbekistonda Tomorqa xizmati MChJlar tashkil etildi. Ular fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga mahsulotlarni yetishtirish va sotishda yordam korsatadi

Ozbekistonda Tomorqa xizmati MChJlar tashkil etildi. Ular fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga mahsulotlarni yetishtirish va sotishda yordam korsatadi


Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam korsatish hisoblangan Tomorqa xizmati MChJlar tashkil etildi. BuOzbekiston Respublikasi Prezidentining Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagiqarorida kozda tutilgan.

Tomorqa xizmati MChJlar quyidagilar orqalifermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam korsatadi:

fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, uruglar, kochatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;

yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xojaligi ekinlarini ekish;

sugorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari ornatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugorishni tashkil etish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xojaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi, Savdo-sanoat palatasi va Kengash bilan birgalikda qishloq tumanlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda Tomorqa xizmati MCHJlar faoliyatini samarali tashkil etishda, shu jumladan, bosh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda ajratish orqali komaklashadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-04-2018, 08:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -