» » Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Buxoro viloyatiga xizmat safari bilan bordi

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Buxoro viloyatiga xizmat safari bilan bordi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoroga tashrif buyurdi. Zokirjon Almatov ikki kunlik tashrifi davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning joylardagi quyi tuzilmalari tomonidan viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish borasida boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifning ilk kunida dastlab mehmonlar Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lib, bu muborak qadamjoda qur’on tilovat qildilar. Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining ushbu majmuada tashkil etilgan bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Zokirjon Almatov hamda mas’ul xodimlar tashrif davomida Kogon tumani B.Naqshband mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Vafo Choraqulovga berilgan xizmat uyida ham bo‘ldi.

Shu kunning o‘zida Buxoro shahridagi musiqali va drama teatrida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, viloyat faollari, yoshlar, shuningdek, mahalliy hokimliklar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat va huqubuzarliklarning oldini olishda o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, Zokirjon Almatov uzoq yillik yuksak bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng, muhtasham san’at dargohiga yig‘ilganlar tashrif davomida Zokirjon Almatovga hamroh bo‘lgan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyevning ijodiy chiqishlari va diltortar qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldi.

Tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar Buxoro viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida yaratilgan sharoitlar, shuningdek, patrul-post xizmati bataloni hamda alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining kuch va imkoniyatlari bilan tanishdi.

So‘ngra, viloyatning G‘ijduvon tumanida yig‘ilgan faollar hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda ham yagona maqsad-tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, jinoyatchilikka butkul barham berish bosh masala sifatida qaraldi. Tashrif yakunida Zokirjon Almatov G‘ijduvon tumanidagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohida bo‘lib, u yerdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют